Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bu safar Madridda drama. «Yuventus»ning mo‘jizasiga bir bahya qoldi (video)

Bu safar Madridda drama. «Yuventus»ning mo‘jizasiga bir bahya qoldi (video)

Foto: «Uefa.com»

Chempionlar Ligasi 1/4 finali dastlabki uchrashuvlaridan keyin barcha juftliklarda intriga o‘ldi, degan fikrlar ko‘p yangragandi. Kecha bu qarashlarni «Roma» chippakka chiqargan bo‘lsa, bugun «Yuventus» ma’lum muddat futbol olamini shokka tushirib qo‘ydi.

Rimliklarning qahramonligi sabab Italiyaning boshqa bir jamoasiga ishonch va kuch kirdimi yoki «Barsa»ning boshiga tushgan hol «Real»ni cho‘chitib qo‘ydimi, harqalay madridliklar so‘nggi soniyalargacha tig‘ ustida o‘tirgandek bo‘ldilar.

O‘yin Madriddagi «Santyago Bernabeu» stadionida kechgan bo‘lishiga qaramay, turinliklar avvaliga tezkor gol, birinchi taym oxirlarida kuchlariga ishonch qo‘shadigan gol, ikkinchi bo‘limda esa umumiy hisobni tenglashtiradigan gol ura olishdi. «Real» o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida birin ketin o‘z darvozasidan gol olib chiqaverdi. 

Ammo «Yuventus»ning qahramonligi hakam tomonidan qo‘shilgan daqiqalarda yo‘qqa chiqdi. Qo‘shimcha taymlar kutilayotgan bir vaqtda o‘yinni boshqargan bosh hakam Maykl Oliver turinliklar darvozasi tomon penalti belgiladi. Benatiya to‘p uchun kurashda Vaskesga qo‘pollik ishlatdi deb topdi. Bu qarordan g‘azabga kelgan Janluidji Buffon hakam bilan bahsga kirishdi va o‘z qarshisida qizil kartochkani ko‘rdi. Iguain o‘rniga maydonga tushib, darvozani egallagan Shchensni esa Ronalduning 11-metrlik jarimadan yo‘llagan zarbasini qaytara olmadi - 1:3.

Ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra, «Real» YChL yarim finaliga yo‘l oldi.

Chempionlar ligasi. 1/4 final. Javob o‘yinlari

Real – Yuventus 1:3 (0:2)

Gollar: 0:1 – 2 Mandjukich, 0:2 – 37 Mandjukich, 0:3 – 60 Matyuidi, 1:3 – 90, penalti Ronaldu.

Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Valexo, Isko, Kazemiro (Vaskes, 46), Kroos, Modrich (Kovachich, 75), Beyl (Asensio, 46), Ronaldu.

Yuventus – Buffon, Benatiya, Aleks Sandro, De Shilo (Lixtshtayner, 17), Kellini, Pyanich, Xedira, Matyuidi, Duglas Kosta, Mandjukich, Iguain (Shchensni, 90).

Ogohlantirishlar: Pyanich (17), Karvaxal (22), Mandjukich (29), Lixtshtayner (36), Aleks Sandro (67), Duglas Kosta (73), Marselo (81), Benatiya (90).

Chetlatish: Buffon (90).

Birinchi o‘yin: 3:0

YeChL 1/4 finalining boshqa o‘yinida nursiz durang qayd etildi va «Bavariya» keyingi bosqichga chiqdi.

Bavariya Germaniya – Sevilya Ispaniya 0:0

Bavariya – Ulrayx, Xummels, Boateng, Rafinya (Zyule, 87), Martines, Robben, Kimmix, Xames, Riberi (Alkantara, 71), Levandovski (Vagner, 77), Myuller.

Sevilya – Soriya, Langle, Merkado, Eskudero, Navas, Banega, Nzonzi, Vaskes (Nolito, 81), Sarabiya (Sandro Ramires, 70), Korrea, Ben-Yedder (Muriel, 65).

Ogohlantirishlar: Merkado (2), Nzonzi (11), Banega (81), Vagner (90).

Chetlatish: Korrea (90).

Dastlabki o‘yin 2:1

Shu tarzda yarim finalga Yevropaning to‘rt mamlakatidan bittadan jamoa – «Liverpul», «Roma», «Real» va «Bavariya» yo‘l oldi. Yarim final o‘yinlariga qur’a tashlash marosimi 13 aprel kuni o‘tkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring