Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bu sakrash bilan ko‘pchilikni qiziqtirgan savolga javob berildi (video)

Bu sakrash bilan ko‘pchilikni qiziqtirgan savolga javob berildi (video)

Skrinshot

Amerikalik yengil atletikachi Infinit Takker 400 metrga to‘siqlar osha yugurish musobaqasi (Feyetvill, AQSh)da noodatiy finishi bilan hammani lol qoldirdi.

Qariyb butun masofani hammadan oldin bosib o‘tgan Takker so‘nggi metrlarda yaqin ta’qibchisi Robert Grantni oldinga o‘tkazib yuborishiga sal qoldi va u «supermen sakrashi»ni amalga oshirishga qaror qildi. Va u g‘olib!

Qoidalar bu usulni taqiqlamasa-da, jarohat olish xavfi yuqoriligi uchun uncha-muncha sportchining yuragi bunga dov bermaydi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, aksariyat sportchilar marra chizig‘ini oldinga engashgan holda bosib o‘tishadi, chunki finishda gavda yoki yelka ham hisobga olinadi.

Shunaqa, Takker qoidani buzmadi, biroq uning qilig‘i Grantga yoqmagani tayin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring