Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bu yil O‘zbekiston OTMlarga qancha abituriyent qabul qilinishi ma’lum bo‘ldi

Bu yil O‘zbekiston OTMlarga qancha abituriyent qabul qilinishi ma’lum bo‘ldi

Bu yil O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida bakalavriat uchun 69460 nafar abituriyentlar qabul qilinadi. Bu haqda Elektron ta’lim markazi axborot xizmati ma’lum qildi.

Bu yil o‘tgan yilgiga qaraganda 1714 nafar ko‘proq abituriyentga talaba bo‘lish nasib etadi.

Magistratura bosqichiga qabul qilish darajasi esa 640taga ko‘payib, 5640taga yetdi. Ulardan 1556 nafari grant (o‘zgarishsiz), 4384 nafari shartnoma asosida (o‘tgan yili - 3444 edi).

Maxsus sirtqi bo‘limga qabul kvotasi deyarli ikki barobar oshdi: 11765 talaba (o‘tgan yili - 5955), shu jumladan 15 ta grant (o‘zgarishsiz) va 11750 talaba (o‘tgan yili- 5940) to‘lov asosida qabul qilinishi ma’lum bo‘ldi.

Umumiy qabul kvotasi deyarli 8500 taga ortdi. O‘tgan yili 78701 bo‘lgan bo‘lsa, bu yil 87165 taga yetkazilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring