Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun — Davlat xavfsizlik xizmati kuni

Bugun — Davlat xavfsizlik xizmati kuni

2018-yilning 2-oktyabrida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kunini belgilash to‘g‘risidagi Qonun Prezident tomonidan imzolanib, hujjat 3-oktyabrdan e’tiboran kuchga kirgan edi.

Ushbu qonunga muvofiq, 5-aprel — Davlat xavfsizlik xizmati kuni etib belgilangan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yilning 5-aprel kuni «O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»gi qonunni imzolagandi. 

Eslatib o‘tamiz, DXX – mamlakatimizning konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini hamda boshqa manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish masalalari bo‘yicha maxsus vakolatli organ hisoblanadi. Uning majburiyatlari haqida ushbu havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring