Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun Osiyo kubogi-2019ga qur’a tashlanadi

Bugun Osiyo kubogi-2019ga qur’a tashlanadi

Foto: «24.kg»

Bugun Dubaydagi «Armani Hotel» mehmonxonasida Osiyo Kubogi-2019 musobaqasi uchun qur’a tashlash marosimi o‘tkaziladi.

Qur’a tashlash marosimida O‘zbekistondan ham vakillar ishtirok etadi. Xususan, O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov kuni kecha OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa taklifiga ko‘ra qur’a tashlash marosimida ishtirok etish uchun Dubayga yo‘l oldi.

Ahmadjonov safar davomida Osiyo velosport konfederatsiyasi prezidenti Osama Ahmad Abdulla al-Shafar hamda BAA milliy olimpiya qo‘mitasi rahbari Ahmad bin Muhammad bin Rashid al-Maktum bilan uchrashdi.

Aytish kerakki, kelasi yilda BAAda bo‘lib o‘tadigan musobaqada ishtirokchilar soni kengaytirilib, 24taga yetkazilgan. Terma jamoalar to‘rtta savatchaga bo‘lingan va har bir savatchada oltitadan jamoa bor. O‘zbekiston — ikkinchi savatchadan joy olgan.

1-savatcha
BAA
Eron
Avstraliya
Yaponiya
Janubiy Koreya
Saudiya Arabistoni

2-savatcha
Xitoy
Suriya
O‘zbekiston
Iroq
Qatar
Tailand

3-savatcha
Qirg‘iziston
Livan
Falastin
Ummon
Hindiston
Vetnam

4-savatcha
KXDR
Filippin
Bahrayn
Iordaniya
Yaman
Turkmaniston

Qur’a tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan 20:30ga belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring