Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun O‘zbekiston kubogi 1/8 finaliga qur’a tashlanadi

Bugun O‘zbekiston kubogi 1/8 finaliga qur’a tashlanadi

Foto: O‘zPFL rasmiy sayti

Bugun O‘zbekiston kubogining 1/8 final bosqichiga qur’a tashlanadi. Soat 20:00da boshlanadigan «Sport» telekanalida jonli efirda namoyish etiladi.

Qur’a tashlash marosimidan oldin superliganing mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi, eng yaxshi murabbiyi, eng yaxshi darvozabon va eng chiroyli gol mualliflariga PFL sovrinlari topshiriladi.

Nimchorak finalda superliganing 9, pro-liganing 7 klubi qatnashadi.

Superliganing «Metallurg», «Navbahor» va «Buxoro» klublari musobaqani tark etdi. «Qizilqum», «Paxtakor», «Lokomotiv», «Nasaf», «Bunyodkor», «Neftchi», «Qo‘qon-1912», «So‘g‘diyona» va AGMK esa kurashni davom ettiradi. Pro-liganing «Surxon», «Dinamo», «Sherdor», «Mash’al», «Andijon», «Orol» hamda «Iftixor» klublari esa elita klublariga qarshilik ko‘rsatishga urinib ko‘radi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring