Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun Tojikistonda Milliy birlik bayrami nishonlanayapti

Bugun Tojikistonda Milliy birlik bayrami nishonlanayapti

Foto:«CA-News»

Tojikistonda bugun, 27-iyun kuni davlat bayramlaridan biri sifatida Milliy birlik kuni keng nishonlanayapti. Bu haqda «CA-news.org» xabar bermoqda.

Bu bayram har yili 27-iyun kuni respublikaning muayyan shaharlarida ko‘tarinki ruhda nishonlanadi. Misol uchun, o‘tgan yili Milliy birlik bayramiga Vahdat shahri mezbonlik qilgan bo‘lsa, 2016 yilda bu tadbir Xorog shahrida nishonlangan.

Bu yil bayramning asosiy tadbirlari So‘g‘d viloyati Konibodom shahrida o‘tkaziladi. Unda prezident Imomali Rahmon qatnashadi.

Davlat rahbari so‘nggi bir necha kun mobaynida viloyatda bo‘lgan va yangi ob’yektlarni foydalanishga topshirishda ishtirok etgan edi.

Har yili 27-iyun Tojikistonda tinchlik va milliy birdamlik kelishuvi imzolangan kun sifatida nishonlanadi. Ushbu kelishuv 1997-yili Moskvada imzolangan.

Milliy birlik kuni Tojikistonda rasmiy bayramdir. Bu bayram Tojikiston prezidentining 1998-yil 22-maydagi farmoni bilan tasdiqlangan «Bayram kunlari to‘g‘risida»gi qonunda mustahkamlab qo‘yilgan.

Milliy birlik kuni Tojikiston Mehnat kodeksining 83-moddasida ham qayd etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring