Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun «Uzbek Tigers» Toshkentda «Colombia Heroicos» bilan jang qiladi

Bugun «Uzbek Tigers» Toshkentda «Colombia Heroicos» bilan jang qiladi

Foto: Sports.uz

Bugun «Uzbek Tigers» jamoasi Butunjahon boks seriyasi doirasida o‘zining uchinchi jangini o‘tkazadi.

Sakkizinchi mavsumning uchinchi turidan o‘rin olgan bellashuvda jamoamizga Kolumbiyaning «Colombia Heroicos» jamoasi raqiblik qiladi.

Bugun quyidagi janglar guvohiga aylanamiz:

-52 kg: Xudoynazar Fayzov - Keybar Avila

-60 kg: Shunqor Abdurasulov - Duvan Zuleta

-69 kg: Mahmud Gaipov - Aleksandr Ranxel

-81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev - Diyego Motoa

+91 kg: Bahodir Jalolov - Kristian Salkedo

Janglar bugun Toshkent vaqti bilan soat 19:00da O‘zbekiston taekvondo assotsiatsiyasiga qarashli «Universal» sport majmuasida boshlanadi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi saytiga ko‘ra, bugun ham huddi «Cuba Domadores»ga qarshi jangda bo‘lganidek uchrashuvni bevosita arenaning o‘zidan tomosha qilish uchun urush va mehnat fahriylari uchun Respublika pansionatidan, Toshkent shahridagi 23-sonli mehribonlik uyidan va jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar maktab-internatidan mehmonlar tashrif buyuradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring