Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun «Choy» filmining taqdimoti o‘tkaziladi

Bugun «Choy» filmining taqdimoti o‘tkaziladi

Foto: «O‘zbekkino»

Bugun jahon mamlakatlarida o‘tkazilgan kinofestivallarida munosib o‘rinni egallab kelayotgan rejissyor Shokir Xoliqovning «Choy» hamda rejissyor Sevara Halimovaning «Kulcha» nomli qisqa metrajli filmlari taqdimot marosimi o‘tkaziladi. Bu haqda «O‘zbekkino» matbuot xizmati xabar berdi. 

2019-yil 1-iyul kuni soat 18:00 da Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda 30-iyun sanasini mamlakatimizda Yoshlar kuni munosabati bilan, ko‘pchilik kino muxlislarining talab va takliflariga ko‘ra jahonning ko‘plab mamlakatlarida o‘tkazilgan kinofestivallarda munosib o‘rinni egallab keliyotgan yosh rejissyor Shokir Xoliqovning «Choy» nomli qisqa metrajli filmi taqdimot marosimi o‘tkaziladi.

Shuningdek, ushbu sanada «O‘zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga asosan suratga olingan rejissyor Sevara Halimovaning «Kulcha» nomli qisqa metrajli filmi hamda «Zumrasha» bolalar yumoristik jurnalining taqdimoti ham o‘tkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring