Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugunnning o‘zida ikkinchi yig‘ilish. Prezident eksport masalasini tanqid ostiga oldi

Bugunnning o‘zida ikkinchi yig‘ilish. Prezident eksport masalasini tanqid ostiga oldi

Foto: «President.uz»

Bugun, 25-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida eksport imkoniyatlarini oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Unda Prezidentning davlat maslahatchilari, Bosh vazir va uning o‘rinbosarlari, tegishli vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari ishtirok etdi. Shuningdek, videokonferensiya aloqasi orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbariyati, mahalliy hokimliklar, vazirlik va idoralarning hududiy tuzilmalari, eksportchi korxonalar va fermer xo‘jaliklari rahbarlari qatnashdi.

Yig‘ilishda 2017-yil yakuni bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari to‘liq bajarilishini ta’minlash, milliy mahsulotlar eksporti geografiyasini kengaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarining eksport sohasidagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda qishloq xo‘jaligi va sanoat mahsulotlarini tashqi bozorlarga yo‘naltirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Mamlakat iqtisodiy siyosatida noreal raqamlar ortidan quvish, amalda samara bermaydigan rejalar haqida balandparvoz gaplar bilan so‘z yuritishdek noma’qul ish uslubi tanqid qilindi. Tadbirkorlik sub’yektlarini bojxona ko‘rigidan o‘tkazishda xavf-xatardan ogoh etish tizimini joriy etish, bojxona organlari tomonidan beriladigan ortiqcha va zamon talabiga javob bermaydigan ruxsatnomalarni bekor qilish hamda qo‘llaniladigan tartib-taomillarni soddalashtirib, meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hajmini keskin oshirish bo‘yicha strategiya ishlab chiqish va amalga oshirish maqsadga muvofiqdir, deyiladi xabarda.

Yig‘ilishda Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari hamda hududlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi va muhokama qilindi. Ayrim tarmoqlar va hududlar rahbarlarida mas’uliyat, talabchanlik va tashabbuskorlik yetishmayotgani, eksport dasturini bajarishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotgani tanqid qilindi.

Davlatimiz rahbari tegishli mutasaddilarga mamlakat eksport salohiyatini oshirish, eksport geografiyasi va nomenklaturasini kengaytirish, eksportchi korxonalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yangi tadbirkorlik sub’yektlarini eksport faoliyatiga jalb qilish yuzasidan aniq topshiriqlar berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring