Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Butun boshli veb-sahifadan skrinshot olishni bilasizmi?

Butun boshli veb-sahifadan skrinshot olishni bilasizmi?

Foto: «YouTube»

«Chrome» brauzerlari uchun ishlab chiqarilgan «Full Page Screen Capture» dasturi bir necha soniya ichida butun boshli veb-sahifadan skrinshot olishga yordam beradi, deb xabar qiladi «Layfxaker».

Odatda biz brauzerda veb-sahifaning bir qisminigina ko‘ramiz, qolganini ko‘rish uchun esa pastga tushishimizga to‘g‘ri keladi. Ayrim hollarda butun boshli sahifani saqlab qo‘yish lozim bo‘ladi. Ekranning har bir bo‘lagini alohida-alohida skrinshot qilish uchun esa anchagina vaqt zarur. Shu sababli «Full Page Screen Capture» dasturi yordamida ushbu muammodan bir necha soniya ichida qutulish mumkin.

«Chrome» brauzerlari uchun ishlab chiqarilgan «Full Page Screen Capture» dasturi. Foto: «YouTube»

Dastur o‘rnatilganidan so‘ng brauzerning «instrumentlar paneli»da fotoapparatning tasviri tushirilgan tugma paydo bo‘ladi. Uni bosgan holda skrinshot qilish mumkin. Sahifa avtomatik ravishda aylana boshlaydi, yuqori qismida esa pakman ko‘rinishidagi indikatorlar chiqib, skrin amalga oshirilayotganini bildirib turadi.

Shundan so‘ng yangi ilova ochiladi va siz u yerda amalga oshirilgan ishni ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi. Hosil bo‘lgan suratni o‘zi holicha tomosha qilish, kompyuterga saqlab qo‘yish yoki o‘chirib tashlash mumkin. Mazkur dastur, shuningdek, bajarilgan ishni xotirasida saqlab qo‘yadi, bu esa ulardan istalganini kerak bo‘lganida qayta tiklashda yordam beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring