Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda tug‘ilgan uch egizak oilasiga «Cobalt» sovg‘a qilindi

Buxoroda tug‘ilgan uch egizak oilasiga «Cobalt» sovg‘a qilindi

Foto: «Daryo»

Buxoroda tug‘ilgan uch egizak Shavkat, Miromon va Mirziyoning otasiga O‘zbekiston Prezidenti nomidan «Cobalt» mashinasi sovg‘a qilindi, deb xabar bermoqda «Daryo».

Sherzod O‘rinov va Mahliyo Azimovaning oilasida 25-mart kuni uch egizak tug‘ilgandi. Ularga Prezident Shavkat Mirziyoyev sharafiga Shavkat, Miromon va Mirziyo ismlari berildi.

Bugun, 29-mart kuni egizaklarning ota-onasiga Prezident nomidan «Cobalt» avtomashinasi va 3 ta bolalar aravachasi topshirilgan.

Sherzod O‘rinov va Mahliyo Azimovalarning egizaklardan tashqari 4 yoshli qizi ham bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring