Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buyuk Britaniya bosh vaziri iste’foga chiqariladimi?

Buyuk Britaniya bosh vaziri iste’foga chiqariladimi?

Foto: «Reuters»

Buyuk Britaniyaning bir qator vazirlari hukumat boshlig‘i Tereza Meyning iste’fosini talab qilishga kelishib oldi. Bu haqida The Sunday Times nashri xabar berib o‘tgan.

Gazetaning xabar berishicha, 11 nafar vazir o‘zaro telefon muloqoti chog‘ida Mey iste’fo berishi kerak, degan xulosaga kelgan. Ularning nazdida Tereza Mey «beqaror siyosatchi»ga aylangan. Agarda Mey iste’foga chiqish taklifini rad etsa, vazirlar hukumatdan ketishadi.

Tereza Meyning o‘rnini vaqtincha o‘rinbosari Devid Lidington egallashi rejalashtirilgan. Yana nomzodlar sifatida atrof muhit masalalari vaziri Maykl Gouv va diplomatiya boshqarmasi boshlig‘i Jeremi Xant ko‘rsatilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya 29 mart sanasida Yevropa ittifoqidan chiqishi lozim. Ammo britaniyalik siyosatchilar bu chiqish qay tariqa bo‘lishi borasida hamon bir qarorga kela olganlari yo‘q. Oqibatda parlament ikki marta Tereza Meyning bu boradagi taklifini rad etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring