Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chaqmoq 10 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Chaqmoq 10 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Foto: «Timetürk»

Hindistonning G‘arbiy Bengal shtatida chaqmoq urishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, ko‘plab kishilar yaralandi. Bu haqda «Haber7» xabar bermoqda.

G‘arbiy Bengalning Bankura, Hyugli, G‘arbiy Midnapur, Birbhum va Parganas shaharlarida kuchli jala ortidan kuzatilgan chaqmoq 10 kishini hayotdan olib ketgan. Ko‘plab kishilar jarohatlangan.

Kuchli jala Kolkata shahrida suv toshqinlariga hamda poyezdlar qatnovining izdan chiqishiga sabab bo‘lgan.

Meteorologiya xodimlari kuchli yog‘ingarchiliklar davom etishini ma’lum qildi.

Hindistonda o‘tgan oy chaqmoq urishi tufayli 250 dan ziyod kishi halok bo‘lgan, 400 dan ortiq odam jarohat olgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring