Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Cho‘lpon haqidagi asarlar ichida yangicha talqin — «Tegirmon» romani taqdimoti

Cho‘lpon haqidagi asarlar ichida yangicha talqin — «Tegirmon» romani taqdimoti

Foto: «Xabar.uz»

Avval xabar berganimizdek, bugun, 29-avgust kuni O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi binosida yozuvchi Nabi Jaloliddinning Cho‘lpon haqidagi «Tegirmon» nomli tarixiy kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimot marosimida O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo, Cho‘lponning jiyani Sharifaxon aya, cho‘lponshunos olim, akademik Naim Karimov, yozuvchilar Xurshid Do‘stmuhammad, Mahkam Mahmudov, Saydi Umirov, taniqli yozuvchi va shoirlar, kitobxon yoshlar, OAV xodimlari ishtirok etdi.

Xurshid Do‘stmuhammad roman haqida gapirar ekan, shu kungacha yozilgan Cho‘lpon haqidagi asarlar ichida yangicha talqinga ega ekanini alohida ta’kidladi.

Foto: «Xabar.uz»

«Cho‘lpon haqida Naim Karimov asarlari va maqolalaridan ko‘p narsalar o‘rganganmiz. Bu romanni o‘qimay kelganimdan afsuslanib turibman, qaniydi tanqid qiladigan joylarini topib aytsam (kuladi). Jasoratiga qoyil! Chunki Cho‘lpon haqida roman yozish oson emas. Muallif o‘zi ham yozib qo‘yibdi, qiynalib yozdim deb», dedi Xurshid Do‘stmuhammad.

Taniqli yozuvchi va shoir Nabi Jaloliddin qalamiga mansub, Abdulhamid Cho‘lpon hayoti va ijodi haqidagi «Tegirmon» romani kitob holida nashrdan chiqqani haqida xabar bergan edik.

Foto: «Xabar.uz»

«Cho‘lpon» nashriyot-matbaa uyida nashrga tayyorlangan ushbu kitob ikki qismdan iborat bo‘lib, unda o‘sha zamonda yashagan ko‘plab mashhur kishilarining hayoti haqida ham so‘z boradi.

«Tegirmon» romani respublika kitob bayrami doirasida rastalarga chiqqandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring