Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Smartfon portlashidan uning egasi halok bo‘ldi (video)

Smartfon portlashidan uning egasi halok bo‘ldi (video)

Foto: «PDALIFE.info»

Malayziyaning «Cradle Fund» vinchur kompaniyasi ijrochi direktori Nazrin Hasan uyida smartfoni portlashi oqibatida halok bo‘ldi, deb xabar beradi «Nv.ua».

Mahalliy politsiyaning aniqlik kiritishicha, smartfon uning krovati yonidagi stol ustida quvvatlantirilayotganida portlagan.

Aniq tafsilotlar ma’lum emas. Taxminlarga ko‘ra, portlash oqibatida sochilgan bo‘laklar uxlab yotgan Nazrin Hasanning chakkasiga tekkan. Yana bir talqinga ko‘ra, jabrlanuvchi smartfon yonishidan chiqqan tutundan zaharlangan.

Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar yetib kelganida xonada yonib ketgan to‘shak, karavot va undagi uy sohibining kuygan jasadi topilgan.

Nazrin Hasanning ikkita smartfoni bo‘lgan. Biri «Blackberry», ikkinchisi «Huawei». Biroq, aynan qaysi smartfon portlagani noma’lumligicha qolmoqda.

«Uning ikkita smartfoni bor edi. Ularning biri portlagan. Kim o‘ylabdi deysiz, oddiy matoh shunday fojea sababchisi bo‘ldi. Endi marhumning uch norasida nafar farzandi yetim qoldi», — deya ta’kidlagan Nazrin Hasanning qaynisi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring