Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat banklaridan kredit olishda propiska talab qilinadimi? (video)

Davlat banklaridan kredit olishda propiska talab qilinadimi? (video)

Foto: «Xabar.uz»

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqot vaqtida Markaziy bank mutasaddilari davlat banklaridan kredit olish masalasida propiska talab qilinishi haqidagi savolga javob berib o‘tdi. Ya’ni, shu vaqtga qadar faqat o‘z yashash hududida joylashgan bank filiallaridan kredit olish mumkin bo‘lgan.

Xabar.uz’ga berilgan ma’lumotlarga qaraganda, yaqin vaqtlar ichida kredit olish uchun propiska talab qilinishi muammosi hal qilinadi. Ayni vaqtda Markaziy bank tomonidan bu borada qaror loyihasi ishlab chiqilgan va tasdiqlash uchun adliya vazirligiga yuborilgan. Masala ijobiy hal bo‘lgan taqdirda O‘zbekiston fuqarolari istalgan hududdagi davlat banklaridan kredit olishi mumkin bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring