Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Davlat mulki ob’yektlari elektron savdoda sotiladi

Davlat mulki ob’yektlari elektron savdoda sotiladi

Foto: «domofond.ru»

Mazkur qaror bilan «Davlat mulki ob’yektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha elektron savdolar o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Ushbu Nizom elektron shaklda o‘tkaziladigan auksionlar va tanlovlar vositasida mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning ustav fondlaridagi (ustav kapitallaridagi) davlat ulushlarini, davlat ko‘chmas mulk ob’yektlarini sotish tartibini hamda davlat mulkini nodavlat yuridik va jismoniy shaxslarga ijaraga berish tartibini belgilaydi.

Nizomga muvofiq, savdolarni o‘tkazish uchun sotuvchi (ijaraga beruvchi):

  • operator bilan veb-portalda savdolarni o‘tkazish bo‘yicha elektron xizmatlar ko‘rsatilishi bo‘yicha shartnoma tuzadi;
  • auksion (tanlov) sanasini belgilaydi;
  • ochiq auksion (tanlov) o‘tkazilishidan kamida o‘ttiz kun oldin, ob’yektlarni ijaraga berish holatlarida esa — auksion o‘tkazilishidan kamida 15 kun oldin «Birja» gazetasida va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahrining davriy matbuot nashrlarida hamda o‘zining rasmiy veb-saytida ochiq auksion (tanlov) to‘g‘risidagi bildirishnomani e’lon qiladi.

Auksion ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun veb-portalda savdolarda ishtirok etish uchun belgilangan shaklda buyurtmanomani ro‘yxatdan o‘tkazish lozim.

Buyurtmanoma ERI (elektron raqamli imzo) bilan tasdiqlanadi va unga zakalat kiritilganligini tasdiqlovchi to‘lov hujjatining elektron (skaner qilingan) nusxasi ilova qilinadi.

Bunda to‘lov hujjatining to‘lov maqsadi katagida ushbu lot bo‘yicha zakalat kiritilgan lotning raqami ko‘rsatilishi kerak.

Bir nechta auksion (tanlov) ob’yektlari bo‘yicha zakalatni kiritish alohida to‘lov hujjatlari bilan amalga oshiriladi.

Ushbu tanlovda (auksionda) ishtirok etish uchun arizalar bergan ishtirokchilarga, elektron pochta va (yoki) SMS-xabar berish orqali tanlov (auksion) natijalari to‘g‘risida xabarnoma avtomatik tarzda yuboriladi

Oldi-sotdi (ijara) shartnomasini tuzishdan bosh tortgan yoki uni rad etgan auksion (tanlov) g‘olibiga uning tomonidan kiritilgan zakalat miqdori qaytarilmaydi.

Auksionlar ish kuni davomida, soat 09:00 dan soat 18:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida o‘tkaziladi.

Savdolar birinchi auksion (tanlov) o‘tkazilishi sanasidan boshlab 2 oy ichida o‘n besh ish kunida bir marta davriyligi bilan o‘tkaziladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring