Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Daydi o‘g‘ilning qaytishi» — Sergeyev yana «Paxtakor»da

«Daydi o‘g‘ilning qaytishi» — Sergeyev yana «Paxtakor»da

Hujumchi Igor Sergeyev faoliyatini yana «Paxtakor»da davom ettiradi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

«Paxtakor» futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Igor Sergeyev qisqa muddatli tanaffusdan so‘ng yana o‘zi uchun qadrdon sanalgan klub safiga qaytdi. Bugun u «Paxtakor» bilan 2018-yil oxirigacha shartnomaga imzo chekdi.

Sergeyev hozirga qadar toshkentliklar safida uch bor O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritib, bir marta chempionat to‘purariga aylangan. Chempionatlarda jamoa uchun 121 uchrashuvda 64 gol muallifiga aylangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring