Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Devor ortidagi narsani ham ko‘rsata oladigan jihoz yaratildi

Devor ortidagi narsani ham ko‘rsata oladigan jihoz yaratildi

Foto:«Nrc-cnrc.gc.ca»

AQSh qo‘shini tadqiqot laboratoriyasi(ARL)da ishlab chiqilgan jihoz kamera orqali kecha-yu kunduz nazorat qilib, devor orqasidagi ob’yektning nima ekanini aniq ko‘rsata oladi.Bu haqda «Sabah» nashri xabar bergan. 

«ARL» mutaxassislari Benjamin Riggan, Natsanial Short va Shoven Hyuning bayonotida aytilishicha, bu texnologiya yorug‘lik va qorong‘ilikda ham ob’yektning qandayligi, agar u inson bo‘lsa, kimligini ham aniqlab berar ekan.

Bu yangi texnologiya turdoshlari orasida eng zamonaviy va arzon ekan.

Ushbu texnologiya faqat xavfsizlikni ta’minlash uchun emas, ayni paytda urush maydonlarida raqibning kimligini aniqlash, qora ro‘yxatda turgan kishilarni topish uchun ham  qo‘llanadi.

AQSh OAV yangi texnologiya ommalashsa, yashashdan ma’ni qolmaydi, chunki u orqali odamlarning yashash tarzi, hatto oilaviy sirlari ham fosh etilishi mumkin degan andishaga bormoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring