Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Diqqat. Toshkent — Samarqand yo‘lida tirbandlik, yo‘lga chiqmay turish tavsiya etiladi

Diqqat. Toshkent — Samarqand yo‘lida tirbandlik, yo‘lga chiqmay turish tavsiya etiladi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun kuni bilan yoqqan yomg‘ir Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida sel keltirib chiqargani haqida xabarlar berilgan edi. «Xabar.uz» sayti muxbiri voqea joyidan xabar berishicha, Toshkent — Samarqand yo‘lining G‘allaorol tumaniga tegishli qismida suv bosishi tufayli avtomobillar qatnovi qiyinlashib, ancha uzun tirbandliklar yuzaga kelgan.

Yo‘lning xalq orasida «Yuqori nuqta» deb ataluvchi Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumaniga ketish qismini ancha suv bosgan va avtomobillar qatnovi har ikki tomonga o‘tishga ham murakkablashgan. Imkon qadar tunda yo‘lga chiqmoqchi bo‘lgan yo‘lovchilarga vaziyat bartaraf etilgunga qadar sabr qilib turish tavsiya etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring