Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi mutaxassislikni egallamoqchimisiz? Onlayn ta’lim olish uchun uch xorijiy platforma

Yangi mutaxassislikni egallamoqchimisiz? Onlayn ta’lim olish uchun uch xorijiy platforma

«Soursera» platformasi.

Foto: hi-tech.mail.ru

Anchadan beri dasturlash tilini o‘zlashtirish yoki yangi mutaxassislik haqida o‘ylab yurgan bo‘lsangiz-da, uni o‘rganishga vaqt topa olmayapsizmi? Unda sizga uyda o‘tirib tahsil olish imkonini beradigan onlayn-platformalar kerak. Biz sizga ularning uchtasini tavsiya etamiz. Eng asosiysi, ko‘plab kurslarni mutloq tekin yoki arzon summaga tamomlash mumkin.

1. «Сoursera» — 147 universitet bitta saytda

Bu nima degani?

Ushbu platforma 2012-yili AQShning eng nufuzli ta’lim dargohlaridan biri — Stenford universiteti o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan. Uning yaratuvchilari o‘z oldilariga amerikaliklar va boshqalar uchun qulay bilim berishni maqsad qilib qo‘ygan. Bugungi kunda portal butun dunyo bo‘ylab 25 milliondan ortiq kishini o‘qitdi va unda 2 mingdan ortiq kurs  mavjud, shu jumladan, ularning to‘rttasi yarim hajmdagi akademik bosqichlar hisoblanadi. 

Kimlar o‘qitadi?

«Сoursera»da 147 oliy o‘quv muassasasi jamlangan. Ular orasida Stenford, Kolumbiya, Kaliforniya, Michigan universitetlari bor.

Mashhur kurslar: kriptografiya, intervyuga tayyorlanish, «Android» ilovalarini ishlash va boshqalar.

O‘qituvchilar tarkibi ham sizni hayratlantirmasdan qolmaydi. Ular orasida dunyoning IT-sohasidagi yetakchi mutaxassislari ham bor.

Nimalarni o‘rgatishadi?

O‘zini hurmat qiladigan mohir texnolog bo‘lib yetishish uchun barcha narsani. Matematika, algoritmlar, dasturlash tili, zamonaviy texnologiyalar, mobil ilovalar...

Eng mashhur kurslar: kriptografiya, intervyuga tayyorlanish, «Android» ilovalari ishlab chiqish va boshqalar.

Kimlarni olishadi?

Tarif bo‘yicha — barchani. Ammo bir nechta shunday kurslar ham borki, buning uchun boshlang‘ich saralash yoki testdan o‘tish talab etiladi.

Qancha turadi?

Kurslar 25 dollardan 99 dollargacha turadi va bu summa bu darajadagi tahsil uchun qimmat emas. Ammo to‘lov majburiy ham emas — bir necha kurslar tekin va ularni o‘rganib, pul to‘lashga arziydimi-yo‘qmi, o‘zingiz bir qarorga kelishingiz mumkin.

O‘quv qay tarzda bo‘ladi?

Kursga yozilishingiz bilan siz ma’ruzalar hamda talabalar forumida ishtirok etishingiz mumkin. Bu alohida qiziqarli tajriba — butun dunyo bo‘ylab turli yoshdagi kasb egalari bilan suhbatlashishingiz mumkin. Faqatgina eronliklar va kubaliklar, bundan mustasno.

Haftalik kurslarning biri mana shunday ko‘rinishda.

Qanday hujjat beriladi?

Sertifikat, ammo, faqatgina pullik o‘quvlar uchun. Kurs yakunida imtihondan o‘tishingiz lozim bo‘ladi. Imtihondan o‘ta olsangiz, rasmiy hujjatga ega bo‘lasiz.

2. «Udaсity» — Kremniy vodiysi universiteti

Bu nima degani?

«Udaсity» — bo‘lajak, sobiq va hozirda faoliyat ko‘rsatayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mutaxassislariga mo‘ljallangan platforma.

Kremniy vodiysi universiteti.

Uning maqsadi  — IT sohasiga doir yangiliklar, yangi bilimlar hamda yangi ish topishga ko‘maklashishdan iborat.

Kimlar o‘qiydi?

Bu yerda barchasi juda qiziqarli.  Loyiha muassislarining aytishicha,«Udaсity» — nafaqat Kremniy vodiysi universiteti, balki «Universitetlar o‘rtasidagi Gollivud»dir.

Kurslar uchun materiallar «Google» va «Faсebook» kabi kompaniyalar mutaxassislari tomonidan taqdim etiladi. Biroq barcha dasturchilar ham yaxshi tushuntira va o‘rgata olmaydi. Shu bois «Udaсity» materiallar, professional o‘qituvchilar, aktyorlar, montajchilarni birlashtiradi va ularni qisqa, qiziqarli hamda yengil hazm bo‘ladigan videoroliklarga aylantiradi.

Nimani o‘rgatishadi?

«Udaсity»ning kurslari ro‘yxati xuddi ish axtarish uchun «hikmatlar toshi»ga o‘xshaydi. «Data Sсiense», «IOT», virtual reallik. Va, albatta, dasturlash tillari.

«Udasity»ning asosiy yo‘nalishlari ro‘yxati.

Kimlarni olishadi?

Bepul kurslar uchun cheklov yo‘q. Biroq pullik kurslarga qatnashish ba’zida ma’lum tajriba yoki bilim talab etadi.

Qancha turadi?

Kurslarning ikki turi bor: tekin va «Nanodegree» kurslari. O‘nlab bepul kurslar — platforma bilan tanishishning eng yaxshi yo‘li.

«Nanodegree» — «Udaсity» dasturchilar universiteti.  Ular ma’lumotlar bazasi, «Android» uchun mobil ilovalar hamda sohaga doir, tor doiradagi, chuqurlashgan dasturchilar tayyorlaydi.  Chunki mehnat bozori ham aynan shuni talab etmoqda. O‘qish narxi kurslarga qarab, 20dan 200 AQSh dollarigacha.

Kurslardan namunalar. Ularning asosiy qismi yetakchi kompaniyalar hamda universitetlar bilan hamkorlikda tuzilganini payqash qiyin emas.

«Udaсity»da bir qancha stipendiyalar ham bor. Bular — «Google»ning WEB va «Android» dasturchilari uchun mo‘ljallangan. Bu stipendiya Yevropa, Turkiya va Rossiya aholisi uchun mo‘ljallangan. Har yili stipendiya talablarini bajargan 60 ming talaba 3 oy tekin kurslarda qatnashadi. Ular orasidan eng kuchli 6 ming nafari esa «Nanodegree»  kurslarida bepul tahsilni davom ettirishmoqda.

O‘quv qay tarzda bo‘ladi?

Har bir kursning maqsadi — nafaqat o‘rgatish, balki yangi loyihalarga yo‘l ochish. Siz o‘zingiz o‘rgangan materiallardan diplom ishingizda foydalanishingiz mumkin, yetakchi mutaxassislar esa yozgan kodingizni tekshiradi, yordam beradi va yo‘naltiradi.

Qanday hujjat beradi?

«Nanodegree» sertifikati.

3. «Khan Aсademy» — mutlaqo bepul ta’lim!

Bu nima degani?

Asli kelib chiqishi bengallik bo‘lgan Salmon Xon sharafiga nomlangan platforma. Salmon uzoqdagi qarindoshiga matematika fanidan yordam berish uchun videorolik tayyorlab, «YouTube»ga joylashtirgach, kutilmaganda, juda mashhur bo‘lib ketadi. Shundan so‘ng u ishdan bo‘shab, onlayn-akademiyaga asos soldi. Hozirda uning «YouTube»dagi kanali  uch milliondan ortiq obunachiga ega.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Stenford universiteti talabalarining 65 foizi «Khan Asademy»dan foydalanadi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Stenford universiteti talabalarining 65 foizi «Khan Asademy»dan foydalanadi.

Kim o‘qitadi?

Platformada dunyoning turli nuqtalaridan yuzdan ortiq o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatadi. Ular orasida maktab va oliy ta’lim dargohlari o‘qituvchilari, shuningdek, turli sohaga oid ekspertlar ham bor.

Kurslar ro‘yxati.

Nimani o‘rgatishadi?

Barcha narsani. Biologiya, fizika, kimyo, tarix, meditsina. Va, albatta, dasturlashni ham.

Kimlarni olishadi?

Barchani!

Qancha turadi?

Platforma shiori: «Barcha uchun va hamisha bepul».

O‘quv qay tarzda bo‘ladi?

Roliklarni tomosha qilasiz va o‘rganasiz. Roliklar ingliz tilida. Shuningdek, savollar berish hamda boshqa talabalar bilan suhbatlashish uchun forum ham bor.

Qanaqa hujjat beradi?

Hech qanday. Faqat bilim va mahoratni oshirish.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring