Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dori vositalarining nojo‘ya reaksiyalari haqida vazirlik ogohlantirilishi lozim

Dori vositalarining nojo‘ya reaksiyalari haqida vazirlik ogohlantirilishi lozim

Foto: «Norma.uz»

Dori vositalarining qo‘llanilishi chog‘ida nojo‘ya reaksiyalar aniqlangan holatlar to‘g‘risida xabardor qilishi tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda «Inson va qonun» gazetasi xabar berdi.

Nizomga muvofiq davolash-profilaktika muassasalari, dorixonalar hamda dori vositalarini ishlab chiqaruvchi, realizatsiya qiluvchi va qo‘llovchi tashkilotlar dori vositalarining qo‘llanilishi chog‘ida nojo‘ya reaksiyalar aniqlangan barcha holatlar to‘g‘risida yozma shaklda Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga yuborishi lozim.

Bunda tegishli xabarnoma 10 kun ichida rasmiylashtirilib yuborilishi kerak.

Xabarnomada qo‘llanilgan dori vositasining nojo‘ya reaksiyasi anafilaktik reaksiya, Layell sindromi yoki Stivens-Djonson sindromi bilan bog‘liq deb xulosa qilinsa yoxud bu haqda ma’lumot kelib tushsa, shuningdek uning oqibatida inson vafot etganligi aniqlansa, xabarnoma 1 kun ichida rasmiylashtirilishi va Sog‘liqni saqlash vazirligiga yuborilishi lozim.

Davolash-profilaktika muassasasi tomonidan yuboriladigan xabarnoma davolash-profilaktika muassasasi vrachi tomonidan, dorixona hamda dori vositalarini ishlab chiqaruvchi, realizatsiya qiluvchi tashkilotlar tomonidan yuboriladigan xabarnoma esa, ushbu tashkilot rahbari tomonidan imzolangan bo‘lishi shart.

Xabarnomada ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi hamda uning o‘z vaqtida rasmiylashtirilishi va yuborilishi uchun xabarnomani imzolagan shaxs mas’ul hisoblanadi.

Dori vositalarini qo‘llovchi boshqa tashkilotlar dori vositalarining qo‘llanilishi chog‘ida nojo‘ya reaksiyalar aniqlangan barcha holatlar to‘g‘risida faoliyatining xususiyatiga ko‘ra mazkur Nizomda tegishlicha davolash-profilaktika muassasalari yoxud dorixona, dori vositalarini ishlab chiqaruvchi va realizatsiya qiluvchi tashkilot uchun belgilangan tartibda xabar beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring