Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident va Dubay amiri, «GM Uzbekistan» avtomobillari savdosi, vazirning «Ochiq xat»ga munosabati va kunning boshqa xabarlari

Prezident va Dubay amiri, «GM Uzbekistan» avtomobillari savdosi, vazirning «Ochiq xat»ga munosabati va kunning boshqa xabarlari

Foto:«Xabar.uz»

Bugun, 26-mart kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, saytimizda e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev BAA Bosh vaziri, Dubay amiri bilan uchrashdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi doirasida 26 mart kuni Dubay shahrida BAA Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum bilan muzokara o‘tkazdi.

Avto

«GM Uzbekistan» yirik ko‘ngilochar-savdo markazida avtomobillar savdosini yo‘lga qo‘ydi

Foto: «GM Uzbekistan»

«GM Uzbekistan» AJ mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida poytaxtning yirik «Samarqand Darvoza» ko‘ngilochar-savdo markazida avtomobillar savdosini yo‘lga qo‘ydi.

Sport

Konor Makgregor sportdagi faoliyatini tugatdi

Irlandiyalik aralash jang (MMA) kurashchisi Konor Makgregor sportdagi faoliyatini tugatishini e’lon qildi. Bu haqda 30 yoshli sportchi o‘z «Tvitter»ida yozdi.

Tavsiya qilamiz

Gulnora Karimovani kim «o‘ldirdi»? (1-maqola)

Ta’lim

Xalq ta’limi vaziri o‘ziga nisbatan yozilgan «ochiq xat»ga munosabat bildirdi

«Ishonch» gazetasida Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovga «ochiq xat» e’lon qilingandi.

«O‘qituvchilarning jamiyatdagi nufuzini oshirish bilan bog‘liq muammolar va ularning yechimlari» mavzusida matbuot anjumanida vazir xatga o‘z munosabatini bildirdi.

«Bizning davrimizda qiyin edi, darslik tanqis, kassetalar axtarib til o‘rganardik. Hozir esa til o‘rganish uchun resurslar tiqilib yotibdi. «Ishonch» gazetasida vazir ingliz tilini targ‘ib qilib, yoshlarda vatanparvarlik g‘oyalarini susaytiryapti, degan mazmunda ochiq xat e’lon qilgan. Chet tilini targ‘ib qilish vatanparvarlikka qarshi chiqish emas. Ingliz tilini o‘rganing degani — ona tilini o‘qimang degani emas», ta’kidladi Sherzod Shermatov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring