Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyo terrorchilik tashkilotlari safida 18 yoshga to‘lmagan 300 mingdan ziyod yoshlar bor

Dunyo terrorchilik tashkilotlari safida 18 yoshga to‘lmagan 300 mingdan ziyod yoshlar bor

Ayni daqiqalarda Toshkentda «Terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstremizm va radikalizmning oldini olish hamda ularga qarshi kurashishda yoshlarning roli» mavzuidagi xalqaro anjuman bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zAning tadbirda ishtirok etayotgan Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevga asoslanib xabar berishicha, bugun dunyo bo‘ylab 18 yoshgacha bo‘lgan 300 mingdan ortiq yosh jangarilar safida qurolli to‘qnashuvlarda ishtirok etmoqda. Ularning 80 foizi 15 yoshli bolalardir.

2000-yilda terroristik tashkilotlarga a’zo bo‘lganlarning o‘rtacha yoshi 28 yoshni tashkil etgan bo‘lsa, 2018-yilga kelib ularning aksariyatini 20 yosh atrofidagilar tashkil qilmoqda.

– Sayyoramizdagi yoshlar o‘rtacha 2 milliardni tashkil etishini inobatga olsak, bu juda katta dolzarb muammo, – deb aytgan S.Safoyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring