Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Durov «Telegram»ni bloklashning uch salbiy oqibatini ma’lum qildi

Durov «Telegram»ni bloklashning uch salbiy oqibatini ma’lum qildi

Foto: «Reuters»

«Telegram» asoschisi Pavel Durov o‘zining «VKontakte»dagi sahifasida Rossiyada messenjerning bloklanishiga izoh berib, bu qarorning uchta salbiy oqibatini aytib o‘tdi.

Birinchidan, uning fikricha, bu 15 million rossiyalikning hayotini qiyinlashtiradi. Ikkinchidan, mamlakatdagi terror xavfi avvalgi darajada qolaveradi.

«Rossiyadagi terror xavfi avvalgidek bo‘lib qolaveradi, chunki ekstremistlar boshqa messenjerlardagi shifrlangan aloqa kanallari yoki «VPN»dan foydalanishda davom etadi», — deb yozadi Durov.

Uchinchidan esa bu Rossiyaning milliy xavfsizlik darajasi pasayishiga olib keladi.

«Rossiyaliklar shaxsiy ma’lumotlarining bir qismi Rossiyaga nisbatan neytral bo‘lgan hududdan AQShdan nazorat qilinadigan boshqa hududlarga —«WhatsApp/Facebook»ga o‘tib ketadi», — deya ta’kidladi Pavel Durov.

Avvalroq Durov tez orada messenjerda blokni cheklab o‘tuvchi ichki usullar ishga tushishini ham ma’lum qilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring