Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXMga eng ko‘p elektron raqamli imzo olish bo‘yicha murojaat qilingan

DXMga eng ko‘p elektron raqamli imzo olish bo‘yicha murojaat qilingan

Foto: «President.uz»

Davlat xizmatlari markazlari orqali 2018-yil dastlabki olti oyida qancha xizmat ko‘rsatilgani aniqlandi. Bu haqda bugun, 29-iyun kuni Davlat xizmatlari agentligining Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi «Xabar.uz»ga ma’lum qildi.

Eng ko‘p ko‘rsatilgan xizmatlar:

  • Elektron raqamli imzo olish — 397 344
  • Bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga joylash  — 243 242
  • Pensiya tizimida hisobga qo‘yish — 117 849
  • Sudlanganlik haqidagi ma’lumotni olish — 21 563
  • Jismoniy shaxsning soliqdan qarzi to‘g‘risida ma’lumotni olish — 18 060.
  • Yuridik universitetga hujjat topshirish — 1 750

Ko‘rinib turibdiki, bu yil birinchi yarmida Davlat xizmatlari markazlariga eng ko‘p murojaatlar elektron raqamli imzo oluvchilar, bolalarini bog‘chaga joylashtiruvchilar va pensiyaga chiquvchilar tomonidan bo‘lgan.

2018-yil 1-iyulgacha elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari davlat xizmatlari markazlari tomonidan bepul berilishi haqida avval xabar bergandik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring