Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXXning asosiy vazifasi belgilandi

DXXning asosiy vazifasi belgilandi

Kecha xabar berganimizdek, kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»gi qonuniga imzo chekdi.

Davlat xavfsizlik xizmati faoliyatini tartibga solish maqsadida qabul qilingan qonun 9 bob, 48 moddadan iborat. Qonunning to‘liq matni «Xalq so‘zi» gazetasida e’lon qilindi.

Qonunning 2-moddasida DXXning asosiy vazifalari belgilangan.

Unda qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining asosiy vazifalari O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini hamda boshqa davlat manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishdan, qonuniylikni mustahkamlash va qonun ustuvorligini ta’minlashdan, shuningdek Davlat xavfsizlik xizmatining vakolatiga kiritilgan huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berishdan iborat.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring