Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YeChL. «Real» Madridda «PSJ»ni taslim etdi, «Liverpul» mehmonda beshta gol urdi

YeChL. «Real» Madridda «PSJ»ni taslim etdi, «Liverpul» mehmonda beshta gol urdi

Yevropa chempionlar ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan ikki uchrashuv yakunlandi. Madridga safar qilgan «PSJ» birinchi bo‘lib gol urgan bo‘lsa ham yakunda uchta gol o‘tkazib yubordi. Ronalduning dubli hamda Marseloning ajoyib goli evaziga «Real» javob o‘yinidan oldin yaxshi imkoniyat hosil qildi.

«Portu» esa o‘z maydonida «Liverpul»dan yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi. Ingliz klubi mehmonda urgan javobsiz beshta goli tufayli keyingi bosqich taqdirini deyarli hal qildi.

Real Madrid (Ispaniya) – PSJ (Fransiya) 3:1
Gollar: 0:1 – 33 Rabo, 1:1 – 45, penalti Ronaldu, 2:1 – 83 Ronaldu, 3:1 – 86 Marselo.

Portu (Portugaliya) – Liverpul (Angliya) 0:5
Gollar: 0:1 – 25 Mane, 0:2 – 29 Salax, 0:3 – 53 Mane, 0:4 – 69 Firmino, 0:5 – 85 Mane.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring