Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Efiopiya va Eritreya o‘rtasida tinchlik sulhi tuzildi

Efiopiya va Eritreya o‘rtasida tinchlik sulhi tuzildi

Foto: «Ukrinform.ru»

Bugun, 9-iyul kuni Efiopiya va Eritreya davlatlari o‘rtasida tinchlik va do‘stlik deklaratsiyasi — sulh bitimi imzolandi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Efiopiya bosh vaziri Abiy Ahmad Asmara shahriga Eritreya prezidenti Isayyas Afeverk bilan tinchlik o‘rnatish va mintaqaviy bahsga barham berish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun kelgan edi.

Avvalroq Efiopiya va Eritreya rahbarlari ikkala davlat o‘rtasida diplomatik aloqalarni o‘rnatishga kelishib olishgan edi.

«Eritreya va Efiopiya bugun tinchlik va do‘stlik bo‘yicha bitim imzoladi. Beshta banddan iborat bitimni bugun ertalab Eritreya prezidenti qarorgohida Isayyas Afeverk va Efiopiya bosh vaziri Abiy Ahmad imzoladi», — deb yozgan Eritreya axborot vaziri Meskel o‘zining «Twitter»dagi sahifasida.

Bundan tashqari, ikkala davlat turli yo‘nalishlar: siyosat, iqtisodiyot, madaniyat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldi.

Eritreya 1952—1983-yillarda Efiopiya tarkibida bo‘lgan.

Ikkala davlat o‘rtasidagi qurolli nizolar hamda chegarani belgilashdagi kelishmovchiliklar 1998-yildan 2000-yilgacha davom etgan va oqibatda 80 mingga yaqin kishi halok bo‘lgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring