Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

YeI Rossiyaga qarshi sanksiyalar muddatini uzaytirdi

YeI Rossiyaga qarshi sanksiyalar muddatini uzaytirdi

Foto: «Reuters»

Yevropa ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalar muddatini 2020 yilning 23 iyuniga qadar uzaytirishni ma’qulladi. Rossiyaga qarshi sanksiyalar Qrim qo‘shib olingani bois qo‘llab kelinadi.

Endi bu masala ittifoqqa a’zo davlatlarning vakillari qo‘mitasida muhokama qilinishi lozim. Eslatib o‘tamiz, Rossiyaga qarshi AQSh, Yevropa va boshqa mintaqa davlatlari tomonidan sanksiyalar 2014 yildan qo‘llana boshlangan edi. Rossiya tomonidan Qrim yarim oroli qo‘shib olinishi va Ukraina janubi-sharqida qurolli to‘qnashuvlar boshlanishi ortidan Rossiya bilan iqtisodiy aloqalar cheklandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring