Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ekinlarni payhon qilganlik uchun ham javobgarlik bor

Ekinlarni payhon qilganlik uchun ham javobgarlik bor

Foto: «Ekobarqaror»

16-aprel kuni soat 16:00 da Oqqo‘rg‘on tumanida yashovchi, vaqtincha ishsiz, 1993-yilda tug‘ilgan A.I.ning 2 bosh qora moli «Elita» tajriba xo‘jaligi bug‘doy maydonining 0,02 ga yerini payhon qilib, moddiy zarar yetkazgan. To‘plangan hujjatlar tuman sudiga yuborilgan.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 104-moddasida chorva mollar yoki parrandalarning xo‘jalik ekinzorlarini payhon qilishi, qishloq xo‘jalik ekinlarining dalada to‘plab qo‘yilgan hosiliga zarar yetkazishi yoki uni yo‘q qilib yuborishi, ko‘chatlarga shikast yetkazishi — fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ekinzorlarni yoki ko‘chatzorlarni hamma turdagi harakatlanuvchi texnika vositalarida bosib o‘tish esa eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring