Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ektor Kuper nihoyat o‘yin uslubida o‘zgarish qiladigan bo‘ldi

Ektor Kuper nihoyat o‘yin uslubida o‘zgarish qiladigan bo‘ldi

Foto: O‘FA matbuot xizmati

O‘zbekiston — Suriya o‘rtoqlik o‘yini oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper ishtirok etdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar qilmoqda.

«Suriyaga qarshi o‘yin sentyabr oyida boshlanadigan Jahon chempionati saralash bahslaridan oldin so‘nggi uchrashuv. Shu sababli ertangi o‘yinda iloji boricha ko‘proq futbolchilarni amalda sinab ko‘rishga harakat qilamiz. O‘yin uslubimizda ham ba’zi o‘zgarishlarni amalga oshiramiz. 

Turkiya va KXDR terma jamoalariga qarshi o‘yinlarda yig‘inga jalb qilingan 26 nafar futbolchidan 22 nafarani maydonga tushirdik. Biz tajribali futbolchilarning nimalarga qodir ekanini yaxshi bilamiz. Shu sababli ko‘proq yosh futbolchilarni sinab ko‘rishga ahamiyat qaratmoqdamiz. Suriyaga qarshi o‘yinda faqat chiroylik o‘yin bilan kifoyalanmay, ijobiy natijaga ham erishmoqchimiz. 

Turkiya va KXDR terma jamoalarga qarshi o‘yinlardan o‘zimiz uchun tegishli xulosa chiqarib oldik. Endi Suriyaga qarshi o‘yindan keyin yakuniy xulosaga kelamiz. Futbolda ko‘p narsani oldindan rejalashtirib bo‘lmaydi. Jarohatlar, turli kutilmagan holatlar ro‘y berib turadi.

Biz o‘z maqsadimiz sari ildam harakat qilyapmiz. Mening falsafam shunday: yiqilsang ham, o‘rningdan turib, yo‘lda davom et. Muammo hamma yerda bo‘ladi. Muammosiz ishlab bo‘lmaydi. Biz yo‘limizda uchragan muammolarni bartaraf etib boryapmiz. Hozircha hammasi yaxshi ketmoqda», — dedi Ektor Kuper.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring