Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Elektron hisobvaraq-fakturalar soliq to‘lovchilar uchun qulayliklar taqdim etmoqda

Elektron hisobvaraq-fakturalar soliq to‘lovchilar uchun qulayliklar taqdim etmoqda

Foto:«Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktyabrdagi «Soliq ma’muriyatchiligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 807-sonliqaroriga asosan Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida hamda Navoiy va Sirdaryo viloyatlari hududida hisobvaraq-fakturani tajriba tariqasida elektron usulda joriy etish yo‘lga quyildi. 

Servis va xizmat ko‘rsatish tarmoqlaridagi korxonalar faoliyatiga tatbiq etilayotgan ushbu zamonaviy usul tadbirkorlarning ortiqcha ovoragarchiliklarini oldini oladi, xarajatlarini kamaytiradi.

Caption

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda Chirchiq shahrida 154 ta servis va xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar bo‘lsa, ularning 85 foizi hisobvaraq-fakturalarni elektron tarzda topshirish tizimiga o‘tgan. Qolgan 39 ta korxona esa bevosita aholiga naqd pul va plastik kartochkalar orqali tovar-xizmatlarni realizatsiya qiluvchi xo‘jalik sub’yektlaridir.

Chirchiq shahrida joriy yilning 6 fevral kuniga qadar o‘tkazilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari natijasida 347 ta korxona tomonidan umumiy qiymati 63,7 mlrd. so‘mga teng bo‘lgan 5774 ta hisobvaraq-fakturalar elektron tarzda jo‘natildi.

Bu tizimning qulayligi shundaki, o‘z ish joyimizdan turib korxonalarga hisobvaraq-fakturalarni tezkor tarzda jo‘nata olamiz, buning uchun elektron kalit vainternetga ulangan kompyuter bo‘lsa kifoya. 

Hisobvaraq-fakturalarning elektron usuli soliq idoralariga ham qator qulayliklarni yaratadi. Xususan, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning tashqi manbasini aniqlash, korxonalar o‘rtasidagi munosabatlar shaffofligini ta’minlash imkonini beradi.

Tadbirkorlik sub’yektlari bilan o‘tkazilayotgan seminarlarda hisobvaraq-fakturalarni elektron usulda topshirishning afzalliklari xususida tushunchalar berib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring