Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elektrotexnika sanoatida 71 ta loyiha amalga oshiriladi

Elektrotexnika sanoatida 71 ta loyiha amalga oshiriladi

Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va tarmoqning investitsiyaviy hamda eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi (PQ–4348, 30.05.2019-y.) Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qaror bilan elektrotexnika sanoatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi.

Unga muvofiq, endilikda energiya tejamkor, arzon va sifatli elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Qaror bilan, 2019–2020-yillarda elektrotexnika sanoatini jadal rivojlantirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» tasdiqlandi.

«Yo‘l xaritasi» doirasida, elektrotexnika tarmog‘ida misni qayta ishlash quyidagi miqdorlarga yetkaziladi:

  • 2019-yilda – 44 ming tonnagacha;
  • 2020-yilda – 49 ming tonnagacha;
  • 2021-yilda – 55 ming tonnagacha.

Qarorga muvofiq, 2019–2021-yillarda elektrotexnika sanoatida 71 ta loyiha amalga oshiriladi va mazkur loyihalar uchun 558 mlrd 947 mln dollar sarflanadi.

Qarorga ko‘ra, 2019-yil 1-iyuldan:

  • elektrotexnika mahsulotlarining davlat xaridlarini amalga oshirishda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga 20 foizgacha narx preferensiyasi qo‘llaniladi;
  • budjet hisobidan quriladigan ob’yektlar uchun respublikada ishlab chiqariladigan elektrotexnika mahsulotlari sotib olinadi;
  • elektrotexnika korxonalarining eksport bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik hosil bo‘lishini hisoblashning muddati 180 kun etib belgilandi (amaldagi qonunchilikka muvofiq mazkur muddat 120 kun);
  • elektrotexnika korxonalarining o‘z ehtiyojlari uchun olib kiradigan texnologik uskunalari bo‘yicha to‘langan pul mablag‘larini qaytarish muddati 270 kun etib belgilandi (amaldagi qonunchilikka muvofiq mazkur muddat 180 kun);
  • elektrotexnika mahsulotlari uchun kreditlarning 1 mln dollardan oshmagan qismining foiz xarajatlari Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan foiz stavkasining 50 foizi miqdorida, lekin kredit stavkasining 5 foizlik punktidan oshmagan miqdorda ikki yil qoplanadi.

Qaror bilan 2019–2021-yillarda mahalliylashtirish tavsiya etiladigan mahsulotlar tasdiqlandi.

Blender, mikser, elektr sharbat chiqargich, elektr go‘sht qiymalagich, soch quritgich, kompyuter va noutbuklar shular jumlasidandir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring