Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Elmira Bositxonova: «Bozorchi ayollarda na ma’naviyat, na ma’rifat bor»

Elmira Bositxonova: «Bozorchi ayollarda na ma’naviyat, na ma’rifat bor»

O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova bozorchi ayollarda ma’naviyat va ma’rifat yo‘qligini qayd etdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

«Mamlakatni bilaman desang, bozor bilan mozoriga bor, degan gap bor. Haqiqiy bozorchi ayollarda na ma’naviyat, na ma’rifat bor. Ammo shu so‘zga mos bo‘lmasligi uchun xotin-qizlar qo‘mitasi nima qildi?», – dedi O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxanova.

Bu xaqda u bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «Oiladagi zo‘ravonlik masalalari, turli vaziyatlar tahlili va bu borada olib borilayotgan chora-tadbirlar» mavzusidagi brifingda aytib o‘tgan.

O‘zbekiston xotin-qizlar raisining aytishicha, endilikda bozorlarda qo‘mitaning boshlang‘ich tashkiloti tuziladi.

Bozorda ishlaydigan ayollar ma’rifatsiz «bozorchi ayol» nomiga munosib bo‘lmasliklari uchun boshlang‘ich tashkilot xonasida ular bilan ma’rifiy suhbatlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

«Bor harakatimiz bozor haqiqatan ham ma’rifat manbai bo‘lishiga erishishga qaratiladi», – dedi Bositxanova.

Shuningdek, bozorlarda radiouzel orqali Zulfiyaxonimning «Xotiram siniqlari»ga o‘xshash asarlar har kuni besh-olti martadan o‘qib eshittirilishi, muomala madaniyati mavzusida eshittirishlar tayyorlanishi ham ko‘zda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring