Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elon Mask Tailandga o‘z qutqaruvchilarini yubordi

Elon Mask Tailandga o‘z qutqaruvchilarini yubordi

Foto: «3DNews.ru»

Elon Mask Tailanddagi Kxao Luang g‘orida suv qamalida qolgan bolalarni qutqarishga ko‘maklashish uchun o‘z muhandislarini yubordi, deb xabar bermoqda «Newsru.com». Bolalarning oldigacha tailandlik dayverlar (suvga sho‘ng‘uvchilar) yetib borishgan, biroq bolalarning holati va suvga sho‘ng‘ish bo‘yicha ko‘nikmalari yetishmasligi bois ularni zudlik bilan evakuatsiya qilish imkoni bo‘lmayapti.

Mask yuborgan muhandislar esa bolalarni suv bilan to‘lgan g‘ordan neylon trubalar orqali olib chiqishga urinib ko‘rishadi.

Maskning g‘oyasiga ko‘ra, suvga to‘lgan g‘or bo‘ylab diametri bir metrlik neylon truba o‘tkaziladi va uning ichiga havo to‘ldiriladi. Ya’ni suv ostida hosil qilingan havoga to‘ldirilgan tunnel orqali evakuatsiya amalga oshiriladi.

Tailandning Chiangray viloyatida joylashgan Kxao Luang g‘origa kirib ketgan 12 nafar o‘smir futbolchi suv qamalida qolgani haqida avval xabar bergan edik.  Oradan salkam ikki hafta o‘tdi, bolalarni hozircha u yerdan olib chiqishning iloji bo‘lmayapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring