Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Elon Maskning avtomobili Mars tomon harakatlanmoqda

Elon Maskning avtomobili Mars tomon harakatlanmoqda

Elon Maskning shaxsiy avtomobili afsonaga va astronomik ob’yektga aylandi.

Foto: «Hi-News»

Bundan ikki kun oldin Elon Mask o‘zining «Falcon Heavy» raketa tashuvchisini kosmosga uchirgani haqida xabar bergan edik. Raketa bortida Maskning shaxsiy avtomobili — rulida «Starman» nomli maneken o‘tirgan qizil rangli «Tesla Roadster» ham bo‘lgan. Hozirda kosmosdagi yagona avtomobil hisoblanuvchi «Roadster» Mars tomon harakatlanmoqda, deb xabar berdi «Hi-News».

Amerikaning NASA kosmik agentligi mazkur avtomobilni Quyosh tizimidagi astronomik ob’yektlar qatoriga kirgizdi.

Elon Maskning shaxsiy avtomobili afsonaga va astronomik ob’yektga aylandi. Bunga ishonch hosil qilish uchun NASA reaktiv harakati laboratoriyasi saytiga kirib, «CHANGE» tugmasini bosish kerak. Paydo bo‘lgan ochiq maydonga «SpaceX» deb yozib, tasdiqlash tugmasini bossangiz quyidagi yozuv paydo bo‘ladi: «SpaceX Roadster». Shundan so‘ng, «Generate epgemeris» tugmasini bosib yangi osmon jismi haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin.

Bunda ob’yektning nomidan tashqari uning og‘irligi, uning koinotga uchirilgan sanasi va avtomobil parvozining trayektoriyasi haqida batafsil ma’lumotlar kiritilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring