Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi O‘zbekistonda dori vositalariga maxsus stikerlar yopishtiriladi

Endi O‘zbekistonda dori vositalariga maxsus stikerlar yopishtiriladi

Foto: «dp.ru»

2019 yil 12 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Sog‘liqni saqlash vazirligi va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan tashkil etilgan farmatsevtika sanoatidagi islohotlarga bag‘ishlangan matbuot anjumanida dori-darmon sifatini nazorat qilish borasidagi ishlar xususida ham to‘xtalib o‘tildi.

— Xovotirga o‘rin yo‘q. Dori vositalarining sifati qat’iy nazoratda bo‘lib, sifatsiz dori vositalarining ishlab chiqarilishiga va chetdan yurtimizga kirib kelishiga aslo yo‘l qo‘yilmaydi, — dedi tadbirda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUK axborot-tahlil bo‘limi boshlig‘i Muhabbat Ibrohimova. — Shu maqsadda farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish Agentligi qoshida Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi  faoliyat yuritayapti.

Vazirlikning Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Furqat Sanayevning ta’kidlashicha, ushbu markaz O‘zbekis­tonga kirib kelayotgan va ishlab chiqarilayotgan dori vositalarining sifatini nazorat qiladi, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi. Mazkur  muassasa tomonidan 2018 yil va 2019 yilning 1 mayiga qadar sifati talabga javob bermagani uchun 258 nomdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar, 43 nomdagi substansiyalarga muvofiqlik sertifikati berish rad etilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, bu boradagi ishlar yanada takomillishtirilib, dori vositalarini elektron tarzda nazorat qilish tartibi belgilanadi. Bunda xalqaro tajribalarni o‘rgangan holda yangi tizim joriy etilyapti. Unga ko‘ra, har bir import qilinayotgan va ishlab chiqarilayotgan dori vositasiga maxsus stikerlar yoki yorliqlar joylanib, dori rastalariga yetkaziladi. Kelgusida shu stiker yoki yorliqlar asosida aholi har bir dori va uning narx-navosi haqida mobil ilova orqali batafsil ma’lumot olishi mumkin bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring