Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi smartfoningizdan xavfsiramasangiz ham bo‘ladi

Endi smartfoningizdan xavfsiramasangiz ham bo‘ladi

Olimlar smartfondan bolalar yoki kattalar foydalanayotganini ajratishga qodir algoritmni ishlab chiqdi.

Foto: «Magikey»

Janubiy Karolina va Chjeszyan universitetining olimlari smartfondan bolalar yoki kattalar foydalanayotganini ajratishga qodir «iCare» algoritmini ishlab chiqdi. Algoritm 84 foiz aniqlikda ishlamoqda, deb xabar berdi «NV.ua».

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yosh diapazonini avtomatlashtirilgan holda aniqlash ota-onalarning ishini ancha yengillashtiradi: ular o‘z smartfonlarini bolalarga bemalol berish turishi mumkin va bunda bolakaylar «Amazon» orqali birorta buyurtmani bosib yubormasligi yoki yoshga bog‘liq bo‘lgan kontentga kirib ketishidan xavfsiramasa ham bo‘ladi.

Olimlar mazkur algoritmni yaratishda uch yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar hamda 22 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan kattalar o‘rtasida tajriba o‘tkazdi.

Ishtirokchilarga «Android» telefonni blokdan chiqarish va o‘yin o‘ynash taklif qilingan. Dastur foydalanuvchilar barmog‘ining ekranga bosilish tezligi va intensivligi haqida ma’lumotlarni to‘plagan. Shundan so‘ng ma’lumotlarlar asosida algoritm yaratilgan.

Ishlab chiqilgan algoritm katta yoshdagi foydalanuvchilar bilan bolalarni 84 foiz aniqlikda ajratgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring