Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng arzon avtomobilni ishlab chiqarish to‘xtatildi

Eng arzon avtomobilni ishlab chiqarish to‘xtatildi

Foto: «Bloomberg.com»

Hindistonning «Tata» kompaniyasi «Tata Nano» xetchbeklarini chiqarishni to‘xtatdi. «Automotive News» nashrining yozishicha, kompaniya uchun bu mashinani ishlab chiqarishga hech bir asos qolmagandi — 2018 yili bor-yo‘g‘i bir dona «Tata Nano» sotildi.

«Tata Nano» 2008-yildan boshlab 2000 dollar qiymatida bozorga chiqarila boshlagandi. Bu mashinaning takomillashganroq turlari qimmatroq, ammo shunda ham 3,1 ming dollardan oshmasdi.

Shu tariqa «nanolar» dunyodagi eng arzon mashinalar maqomini oldi. Ishlab chiqaruvchi aynan shu «maqom» mahsulotning savdosiga salbiy ta’sir o‘tkazganini bildirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring