Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng xavfli taom turi ma’lum bo‘ldi

Eng xavfli taom turi ma’lum bo‘ldi

Foto: «Delovoy Slavyansk»

Jonivorlardan olingan yuqori xolesterinli mahsulotlar xavfli o‘simtalarning o‘sishini yuz barobarga oshirishi ma’lum qilindi. Bu haqda «Lenta.ru» nashri xabar bermoqda. Mazkur ma’lumotni Kaliforniya universiteti olimlari «Cell Stem Cell» jurnalidagi maqolada chop etishdi.

Nazoratsiz ko‘payadigan nuqsonli hujayralar saraton kelib chiqishining asosiy sababidir. Ma’lum bo‘lishicha, xolesterin nafaqat yirik ichak hujayralarining qalinlashishiga, balki ayni to‘qimalarda o‘simtalarning tez o‘sishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Biroq hozirda xolesterin saratonning boshqa ko‘rinishlariga ta’sir ko‘rsatishi aniq emas.

Yog‘li, trans-yog‘li va ayrim uglevodlar organizmdagi xolesterin miqdorini oshirishi mumkin. Shu bois, mutaxassislar qizil go‘sht va sutli mahsulotlar iste’mol qilishni kamaytirish kerakligini tavsiya etadilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring