Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eng yosh vazir o‘rinbosari o‘z to‘yini «super-ixcham» o‘tkazmoqchi

Eng yosh vazir o‘rinbosari o‘z to‘yini «super-ixcham» o‘tkazmoqchi

Alisher Sa’dullayev O‘zbekistonning eng yosh vazir o‘oinbosari hisoblanadi.

Foto: Sputnik

O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev o‘zining Feysbukdagi sahifasida unashtirilgani haqida post qoldirgan.

Alisher Sa’dullayev sahifasidan skrinshot

«Sputnik» nashrining aniqlik kiritishicha, unashtiruv marosimi Arafa kuni, ular safardaligida bo‘lib o‘tgan.

«Yurtimizda tinchlik va rivojlanish davomiy bo‘lsin. Xalqimiz xizmatida bo‘lishlik va alarning ishonchlariga erishish barcha yurtdoshlarimizga nasib etsin. Komil farzandlar tarbiyalab, yurtimiz ravnaqiga hissa qo‘shish barchamizga nasib aylasin! Risoladagidek, namunaviy va super-ixcham to‘y o‘tkazamiz. Shu bahonada #ixcham_tōy trendini ham yo‘lga qo‘yib olamiz. Qani yoshlar shu jabhada ham birlashaylik!», — degan vazir o‘rinbosari.

«Feysbuk» foydalanuvchilari Sa’dullayevga baxt tilashmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring