Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erdo‘g‘on: «Turkiyasiz Yevropa ittifoqi baribir kemtik bo‘lib qolaveradi»

Erdo‘g‘on: «Turkiyasiz Yevropa ittifoqi baribir kemtik bo‘lib qolaveradi»

Foto:«Tvzvezda.ru»

Yevropa kuni munosabati bilan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on: «Turkiyasiz Yevropa ittifoqi baribir kemtik bo‘lib qolaveradi», – dedi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.

68 yil avval qabul qilingan Shuman deklaratsiyasiga ko‘ra 9-may – Yevropa kuni sifatida Yevropa davlatlarida bo‘lgani kabi Turkiyada ham 1999-yildan beri keng nishonlanadi.

«So‘nggi paytlarda, afsuski, har kuni Yevropa ittifoqi tarkibidagi ayrim davlatlarda irqchilik, islomofobiya kuzatilib, masjidlar yoqilmoqda. Bu o‘zini ilg‘or demokratik davlat sifatida ko‘z-ko‘z qilayotgan G‘arb uchun mutlaqo yarashmaydi», – dedi Erdo‘g‘on.

Butun Yevropa xalqini bayram bilan tabriklagan Erdo‘g‘on so‘zlarini: «Har qanday sharoit yoki vaziyatda ham Turkiya Yevropa ittifoqiga kirishdan aslo voz kechmaydi. Turkiyasiz Yevropa ittifoqi kemtiklikka mahkumdir», – deya yakunlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring