Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yerevanda yana norozilik namoyishlari boshlandi

Yerevanda yana norozilik namoyishlari boshlandi

Foto:«Gazeta.ru»

«Armaniston poytaxti Yerevanda sobiq prezident Serj Sargsyanning bosh vazir etib tayinlanishiga qarshi yana norozilik namoyishlari boshlandi», — deb xabar bermoqda «RIA Novosti».

Namoyishlar joylarda birdaniga bir necha guruh tomonidan o‘tkazilmoqda. Biroq namoyishchilar o‘z yetakchilarisiz qolishgan. 21-aprel kuni Armen Grigoryan va David Sanasaryan, 22-aprel kuni esa deputatlar  Nikol Pashinyan, Sasun Mikayelyan va Ararat Mirzoyanlar qo‘lga olingan.

Sargsyanga qarshi aksiyalar 13-preldan buyon davom etmoqda. Armaniston 9-apreldan parlament boshqaruviga o‘tgani sababli hukumat deyarli to‘liq bosh vazirning qo‘liga o‘tgan. Muxolifat uni samarasiz boshqaruv va iqtisodiyotning yomonlashuvida ayblagan va 17-aprel kuni «baxmal inqilob»ni e’lon qilgan edi. Ammo shunga qaramay Sargsyan o‘sha kuniyoq parlament tomonidan bosh vazirlikka tayinlandi.

22-aprel kuni politsiyachilar tomonidan Erebuni tumanidagi yana bir namoyish to‘xtatildi. Bundan avval namoyishchilar yetakchisi Pashinyan va Sargsyan o‘rtasida uch daqiqalik muzokara bo‘lib o‘tdi, ammo natijasiz yakunlandi.

Bosh vazir muxolifatchining harakatlarini shantaj deb baholadi va unga qonuniy ish ko‘rishni maslahat berdi, aks holda barcha javobgarlik uning bo‘yniga tushishini bildirdi. Politsiyachilar namoyishni tarqatib yuborishdi, uning tashkilotchilari esa Pashinyan boshchiligida majburan olib ketildi, keyinroq ular hibsga olindi. Armaniston maxsus tergov xizmatining aniqlik kiritishicha, ommaviy tartibsizlik ishi bo‘yicha 24 kishi hibsga olingan, ulardan uch nafari tashkilotchi deputatlardir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring