Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erkinjon Turdimov «Surxon» klubi a’zolari bilan uchrashdi

Erkinjon Turdimov «Surxon» klubi a’zolari  bilan uchrashdi

Foto: «Surxon» PFK futbol klubi matbuot xizmati

Termiz davlat universitetida Surxondaryo viloyati jamoasi — «Surxon» klubi faoliyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov, jamoa bosh homiysi «O‘zbekgidroenergo» aksiyadorlik jamiyati rahbariyati, jamoa a’zolari hamda jurnalistlar ishtirok etdi.

«Surxon» futbol jamoasi tashkil etilganiga bu yil yarim asr bo‘ldi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yilning 19-20 yanvar kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida, vohada futbol sportini yanada rivojlantirish hamda viloyatning PFK «Surxon» futbol jamoasini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida «O‘zbekgidroenergo» aksiyadorlik jamiyati mazkur futbol jamoasining bosh homiysi etib tayinlangan edi. Jamiyat tomonidan futbol jamoani moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida barcha shart-sharoitlar yaratib berildi. «Surxon» PFK futbol jamoasi tarkibi qayta tanlov asosida tanlandi va yangi jamoa tarkibi shakllantirildi.

Foto: «Surxon» PFK futbol klubi matbuot xizmati

Bugungi kunda «Surxon» futbol jamoasida Bahriddin Vahobov, Ibrohimjon Rahimov, Islom Inomov, Farxod Tojiyev kabi nomdor futbolchilar faoliyat yuritmoqda. Jamoa bosh murabbiyi — Dilshod Nuraliyev.

Matbuot anjumanida «Surxon» klubi mavqeini mustahkamlash, o‘zbek futbolida o‘z o‘rnini tiklashi uchun muhim vazifalar belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring