Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erkinjon Turdimov: «Tushuntirish berildi», «o‘rganilyapti», «jarayonda» degan gaplar kerak emas

Erkinjon Turdimov: «Tushuntirish berildi», «o‘rganilyapti», «jarayonda» degan gaplar kerak emas

Foto: «Uza.uz»

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov bugun – 22-avgust kuni Samarqand shahar Kimyogarlar qo‘rg‘onida sayyor qabul o‘tkazmoqda, deb xabar berdi «O‘zA».

– Bugun yurtimizda Qurbon hayitining ikkinchi kuni bayram sifatida nishonlanmoqda, – dedi viloyat hokimi. – Ushbu muborak kunlarda odamlarning dardini eshitib, ularning og‘irini yengil qilsak, hal etilmayotgan masalalarga yechim topsak Prezidentimizning «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» degan gaplarining hayotiy ifodasini ko‘rsatgan bo‘lamiz. Shuning uchun bugun murojaat qilgan har bir fuqaroning masalasi shu yerning o‘zida hal etilishi kerak. «Tushuntirish berildi», «o‘rganilyapti», «jarayonda» degan gaplar kerak emas, murojaat qilgan shaxsning muammosiga yechim topish muhim.

Sayyor qabulda hokim bilan birga viloyatdagi boshqarma va idoralar, Samarqand shahridagi sektorlar rahbarlari ham ishtirok etmoqda.

Shuningdek, qabul o‘tkazilayotgan 54-umumta’lim maktabida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi ham tashkil etilgan. Viloyat rahbari ish so‘rab murojaat qilgan har bir fuqaro bandligini ta’minlash zarurligini ta’kidladi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring