Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eron AQSh, Fransiya va Buyuk Britaniya rahbarlarini «jinoyatchi» deya baholadi

Eron AQSh, Fransiya va Buyuk Britaniya rahbarlarini «jinoyatchi» deya baholadi

Foto:«3mv.ru»

Eronning oliy ruhoniy rahbari Oyatulloh Ali Humayniy Suriyaga qarshi amalga oshirgan hujumlari tufayli AQSh, Fransiya va Buyuk Britaniya rahbarlarini jinoyatchiga chiqardi. Bu haqda Fransiyaning «Yevropa 1» radiosi xabar bermoqda.

«Bugun tongda Suriyaga qarshi uyushtirilgan hujum jinoyatdir. Men ochiq aytishim mumkinki, AQSh hamda Fransiya prezidentlari va Buyuk Britaniya bosh vaziri jinoyatchilardir. Ular baribir ko‘zlagan maqsadlariga erisha olmaydilar», — deya bayonot bergan Humayniy mamlakatning yuqori martabali siyosiy va harbiy rahbarlari bilan o‘tkazgan yig‘ilishida.

Eslatib o‘tamiz, 13-apreldan 14-aprelga o‘tar kechasi 7 aprel kuni Suriya hukumati tomonidan sodir etilgan deya hisoblanayotgan kimyoviy hujum ortidan AQSh, Fransiya va Buyuk Britaniyadan iborat ittifoqchilar armiyasi Suriyaning bir nechta harbiy bazasiga hujum qildi.

Hozircha ushbu hujum oqibatida tinch aholining halok bo‘lgani haqida biror-bir xabar chiqmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring