Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eron bilan uning mintaqadagi roli va raketa dasturi xususida ochiq muloqot qilish kerak

Eron bilan uning mintaqadagi roli va raketa dasturi xususida ochiq muloqot qilish kerak

Foto: «Reuters»

Germaniya tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabriel mintaqadagi roli va raketalar dasturi xususida Eron bilan ochiq muloqot qilishga chaqirdi. Buni vazir «Bild» gazetasida yakshanba kuni nashr etilgan intervyusida aytgan, deya xabar bermoqda «TASS».

— Eronning mintaqadagi muammoli ta’siri va uning raketa dasturi haqida ochiq va jiddiy suhbat o‘tkazishimiz kerak, — dedi Gabriel. Uning fikriga ko‘ra, buning uchun Tehrondan konstruktiv javob talab etiladi.

Shu bilan birga vazir Eronda ro‘y berayotgan ichki noroziliklardan xunuk maqsadlarda foydalanmaslikka da’vat etdi. «Biz faqat Eronda yuzaga kelgan adovatdan foydalanib qolishdan ogoh qilib o‘tishimiz mumkin xolos», dedi Gabriel

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 28 dekabrda narxlarning oshishi, ishsizlik va iqtisodiiy inqirozga qarshi ko‘tarilgan namoyish natijasida Eronning bir nechta shahrida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi va 450 nafar kishi hibsga olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring