Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eronda 350 kishi suvdan zaharlandi

Eronda 350 kishi suvdan zaharlandi

Foto: «Anado‘lu»

Eronning rasmiy axborot agentligi – «IRNA»ga intervyu bergan Ramxurmuz tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Shukrulloh Salmonzoda Ramxurmuz va Abulfors shaharlarida iflos suvdan 350 kishi zaharlanganini ma’lum qildi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.

Tumanda kuzatilgan 20 soatga yaqin vaqt mobaynida suv uzilishi tufayli aholi atrofdagi chashmalardan va boshqa manbalardan suv ichgan. Shu bois 350 kishi zaharlangan.

Suvdan zaharlanish oqibatida ich ketishi, qayt qilish va isitmasi chiqayotgan kishilar shifoxonalarga yotqizilgan.

Ramxurmuz tumani prokurori Qosim Najot kecha suvdan zaharlangan kishilar soni 230 nafarga yetganini ma’lum qilgan edi.

Eronda kuzatilayotgan qurg‘oqchilik suv tanqisligiga olib keldi. Jo‘mraklardan oqayotgan suv sho‘rligi bois aholi suv sotib olishga majbur bo‘layapti.

Huziston viloyatiga qarashli Xurramshahr va Obodon shaharlarida suv tanqisligi tufayli aholi norozilik namoyishlari uyushtirgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring